O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 19 dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.

Qaror bilan 2019 yilda umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturi ham tasdiqlanib, 975 milliard so‘mlik mablag‘ ajratildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manzilli dastur doirasida 506 ta ob’ekt qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, 22 ta yangi maktab qurilishi uchun 2019 yilda 128,97 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Maktablarning rekonstruksiyasi uchun 453,49 milliard so‘m va kapital ta’mirlash uchun 252,5 milliard so‘m ajratilgan.

Dastur doirasida maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44,4 milliard so‘m, Andijon viloyatida 74,44 milliard so‘m, Buxoro viloyatida 33,91 milliard so‘m, Jizzax viloyatida 40,62 milliardso‘m, Qashqadaryo viloyatida 86,2 milliardso‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Namangan viloyatida ushbu maqsadlarga 74,54 milliard so‘m, Navoiy viloyatida 24,54 milliard so‘m, Samarqand viloyatida 97,85 milliard so‘m, Sirdaryo viloyatida 24,10 milliard so‘m, Surxondaryo viloyatida 70,81 milliard so‘m, Toshkent viloyatida 73,77 milliard so‘m, Xorazm viloyatida 52,27 milliard so‘m, Farg‘ona viloyatida 74,28 milliard so‘m, Toshkent shahrida 63,2milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilgan.