31-dekabr kuni Toshkentdagi barcha avtobus marshrutlari ish vaqti bir soatga uzaytirildi, deya xabar qildi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi. Ushbu qaror shaharliklar va shahar mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Poytaxtdagi bir qator ko‘chalarda harakat 10-yanvarga qadar cheklangani munosabati bilan ayrim yo‘nalishlar harakat jadvaliga o‘zgartishlar kiritildi:

  • 53, 90, 91 va 115-avtobuslar Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilgan qismlarini Navoiy ko‘chasi orqali;
  • 33, 55 va 96 — Amir Temur va Shahrisabz ko‘chalari orqali aylanib o‘tsa;
  • 9, 17, 52 Sebzor ko‘chasining yopilgan qismidan Navoiy va Abay orqali;
  • 150 — Navoiy, Abay, A. Qodiriy va Sebzor ko‘chalari orqali harakatlanadi;
  • 13, 69, 107, 4, 48, 87, 94 va 146 So‘galli ota (“Algoritm”) ko‘chasining yopilgan uchastkasini Zargarlik, Zargarlik 5-proyezd, Diydor, So‘galli ota va Dilband ko‘chalari orqali aylanib o‘tadi.