Maktablar, xalq ta’limi bo‘limlari va boshqarmalari, shuningdek Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga xodimlar faqat XTV sayti orqali qabul qilinadi. Buning uchun saytda vakansiyalar bo‘limi ishga tushirildi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozircha faqat Toshkent bo‘yicha vakansiyalar mavjud. Tizim tajribadan o‘tkazilganidan so‘ng u O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab kengaytiriladi.

Yangi tizimni aylanib o‘tib xodimni ishga qabul qilgan rahbarlarni ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda.

Nomzodlar sayt orqali vakansiyalarni ko‘rib chiqishdan tashqari, unga o‘z rezyumelarini ham yuborishi mumkin.

Hududlardagi rahbar lavozimlarga nomzodlar bilan XTVning Personal bilan ishlash boshqarmasi onlayn-suhbat o‘tkazishi mumkin.