Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro D.U. to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda uning yonidan ikkita konvalyutada jami 20 dona «Tramadol 50 mg. Lannaxer» nomli tabletka ko‘rinishidagi giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.