Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U. har bir AQSH dollarini «qora bozor» narxida 8450 so‘mdan hisoblab, 7.900 AQSH dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar. Ulardan 7900 AQSH dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati telegramdagi kanali orqali xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.