«Manchester Yunayted» rahbariyati bugun klubning sobiq hujumchisi Ole Gunnar Solskyayer 2018/19 yilgi mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarishini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

«Yunayted» safida 1996 yildan 2007 yilga qadar to‘p tepgan futbolchi 366 o‘yinda qatnashib, 126 ta gol urishga erishgan. 2008 yilda u o‘rinbosarlar jamoasida murabbiy bo‘lib ishladi, keyin Norvegiyaning «Molde» klubiga o‘tib ketdi.

Solskyayerga murabbiylardan Mayk Felan, Maykl Kerrik va Kiran MakKen yordam beradi.