AQSH prezidenti Donald Tramp 18 dekabr kuni 2017 yil 20 dekabrdagi «inson huquqlarini buzish va korrupsiya uchun javobgar» 13 kishi va 39 ta tashkilotga qarshi sanksiyalar joriy etishni ko‘zda tutuvchi 13818-sonli farmonining amal qilish muddatini uzaytirdi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimova ham bor.

«Butunlay yoki sezilarli qismi Qo‘shma Shtatlardan tashqarida sodir bo‘layotgan inson huquqlarining buzilishi va korrupsiyaning tarqalganligi va jiddiyligi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tizimlar barqarorligiga tahdid solishda davom etmoqda», — deyiladi Donald Tramp bayonotida.

«Shu sababdan va inson huquqlarining jiddiy ravishda buzilishi hamda korrupsiya munosabati bilan men 12818-sonli ijro farmonida belgilangan favqulodda holat rejimini bir yilga uzaytirishga qaror qildi», — dedi AQSH prezidenti.

Inson huquqlarining buzilishi va korrupsiyaga javobgar shaxslar va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar Rossiyadagi inson huquqlari buzuvchilariga nisbatan 2012 yilda joriy etilib, 2016 yilda global maqomga ega bo‘lgan «Magnitskiy qonuni» doirasida joriy etildi.

Sanksiyalar AQSH yurisdiksiyasidagi barcha aktivlarni bloklash, Amerika fuqarolariga sanksion ro‘yxatdagi shaxs yoki tashkilot bilan biror-bir kelishuvlarni tuzishni taqiqlashni ko‘zda tutadi.

AQSH taxminiga ko‘ra, Gulnora Karimova «kuchli uyushgan jinoiy birlashmaga rahbarlik qilib, biznes ekspropriatsiyasi (majburiy ravishda tortib olish — tahr.), bozorlarni monopollashtirish qilish, pora olish va reket uchun davlat resurslaridan foydalangan».