Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) davlat xizmatlar markazi tomonidan shahar va tuman markazlaridan olis hududlarda joylashgan aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun kompyuter, printer, skaner va internetga ulanish moslamalariga ega avtobus ajratib berilib, 100 dan ortiq mobil davlat xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Avtobusda notarius, FHDYO xodimlarining fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi uchun va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish kassasining mavjudligi aholiga tez va qulay davlat xizmatini ko‘rsatishga imkon yaratadi.

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov avtobusda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.