Umumxitoy do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi vakillari Toshkent hokimiga O‘zbekiston poytaxtining Buyuk Ipak yo‘li shaharlari uyushmasiga qabul qilingani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.Uyushmaga Samarqand, Buxoro, Qarshi shaharlari va Toshkent viloyati ham a’zolikka qabul qilindi. Bu haqdagi qaror sentyabrda uchinchi Ipak yo‘li Biznes yetakchilari sammitida qabul qilingan edi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ilk bor ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Xitoy strategik hamkorlik va do‘stona aloqalarni rivojlantirish yo‘lidan borishni rejalashtirayotganini qayd etib o‘tdi.