16 dekabr kuni Moskva viloyati Domodedova shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga tayanib.

Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan. Ular orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari ham bor: Qayumov Irisbek Oloverdiyevich (1990 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan) va Jabborov Sherzod Ne’matjonovich (1975 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan).

Hozirda O‘zbekiston elchixonasi Rossiyaning tegishli hokimiyat idoralari bilan amaliy aloqalarni ushlab turibdi, deyiladi xabarda.