Osiyo boks konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilgandi. Unga ko‘ra, bir necha O‘zbekiston vakillari o‘z yo‘nalishida qit’ada «eng yaxshi» deb topildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Eng yaxshi bokschi nominatsiyasida Isroil Madrimov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, Osiyoning eng yaxshi erkak bokschisi deb e’lon qilindi. Boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Iqboljon Xoldorov esa bu borada uchinchi bo‘ldi.

«Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi» yo‘nalishida Dilshod Kazakov g‘olib chiqdi.

Hakamimiz Aleksandr Hamidov ham 2018 yilda «Osiyoning eng yaxshi hakami» unvonini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston boks federatsiyasi qit’ada eng yaxshi federatsiya sifatida tan olindi.