«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi noqulay meteosharoit tufayli Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlari samolyotlarni qabul qilmayotganligini bildiradi, deya xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Barcha qatnovlar yaqin aeroportlarga yo‘naltiriladi.

Poytaxt aeroportida ko‘rish darajasi chorshanba kuni 21:15 da 50 m, Namangan aeroportida — 0 m, Urganchda — 300 m, Farg‘onada — 350 m, Nukusda — 900 m ni tashkil etdi. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, bunday sharoitda havo kemalarini qo‘ndirish taqiqlanadi.

Aeroportlar ma’lumot xizmatlari:

  • Toshkent: 78−140−28−01/2/¾
  • Farg‘ona: 73−241−60−04
  • Urganch: 62−224−59−59
  • Nukus: 61−226−00−23, 61−780−06−83