Madridning «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich faoliyatida ilk bor Fransiyaning France Football jurnali tomonidan beriladigan «Oltin to‘p» sovrini g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Taqdirlash marosimi kecha Parij shahrida bo‘lib o‘tdi. Modrich 2018 yilda «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Oxirgi o‘n bir yilda ilk marta argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu sovringa ega chiqa olmadi. Eslatish o‘rinli, 2008 yildan beri bu ikki futbolchi besh martadan «Oltin to‘p"ga ega chiqqandi.

«Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lgan 30 nomzoddan iborat top-10 bilan tanishing:

1. Luka Modrich, («Real»);

2. Krishtianu Ronaldu («Real"/"Yuventus»);

3. Antuan Grizmann («Atletiko»);

4. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»);

5. Lionel Messi («Barselona»);

6. Muhammad Saloh («Liverpul»);

7. Rafael Varan («Real»);

8. Eden Azar («Chelsi»);

9. Kevin de Byuyne («Manchester Siti»);

10. Harri Keyn («Tottenhem»).