30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi kuzatiladi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50−100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.

«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.