Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq mezonlari belgilandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanali.

Xususan, yerlar endilikda quyidagi maqsadlarda olib qo‘yilishi mumkin:

  • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;
  • xalqaro shartnomalardagi majburiyatlarni bajarish;
  • foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
  • avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’ektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’ektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’ektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’ektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
  • aholi punktlari bosh rejalarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ob’ektlar qurish qismida ijro etish hollarida.

Qarorga ko‘ra, endilikda yerlar olib qo‘yilganda, u yerdagi binolarni buzishdan oldin mulkdorga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi lozim. Faqatgina shundan keyin binoni buzish mumkin bo‘ladi.