Hisoblagichni yechish va o‘rnatish uchun mutaxassislarni uydan chiqmay turib chaqirsa bo‘ladi. YAIDXP orqali ariza yuborish mumkin. Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.

Ushbu xizmatdan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan avtorizatsiyalangan foydalanuvchilargina foydalana oladilar. Xizmat bepul taqdim etiladi.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq, hisobga olish priborlarini o‘rnatish va keyinchalik almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish hududiy gaz ta’minoti tashkiloti va Majburiy ijro byurosi vakillari tomonidan iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi. Ya’ni iste’molchi, avvalo xavfsizlik maqsadida, mustaqil ravishda hisoblagichni yechishi va o‘rnatishi mumkin emas.

Ilgari ariza berish uchun iste’molchilar hududiy gaz ta’minoti tashkilotiga shaxsan murojaat qilishlari kerak bo‘lar edi.