Italiyaning Turboden S.p.A. kompaniyasi yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishda elektr energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Vazirlar Mahkamasi shu haqdagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Mitsubishi Heavy Industries guruhi tarkibiga kiruvchi Turboden S.p.A. kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasi hamda boshqa asosiy sanoat sohalarida foydali elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yo‘ldosh va mash’ala gazlarini utilizatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zda tutuvchi maqsadlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

2015 yil aprelida O‘zbekiston BMT va Jahon banki taklif qilgan yo‘ldosh neft gazlarini yoqishga barham berish bo‘yicha global hamkorlik dasturi doirasida 2030 yilgacha gazlarni mash’ala usulida yoqish amaliyotiga barham berish majburiyatini zimmasiga olgan edi.

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili qazib olingan 60 milliard kub metr gaz darajasida mash’alalarda 1 milliard kub metrga yaqin yo‘ldosh gazlar yoqiladi. So‘nggi yillarda siqish kompres stansiyalari va yo‘ldosh neft gazlarini yig‘ish tizimlari qurilishi hisobiga yoqiluvchi gazlar hajmini 3,5 milliard kub metrga qadar qisqartirishga erishildi.