Toshkent vaqti bilan 25 noyabr kuni 07:00 da AQSHning Atlantik-Siti shahrida boks oqshomi boshlanadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Mazkur jang kechasida uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tariladi:

  • Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) — Migel Zamudio (Meksika)
  • Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) — Isaak Zarate (AQSH)
  • Isroil Madrimov (O‘zbekiston) — Vladimir Ernandez (Meksika)

O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.