GM Uzbekistan Damas va Labo avtomobil modellarini sotib olish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi. Avtoishlab chiqaruvchi xabariga ko‘ra, hozirgi kunga kelib 128274 ta ariza, jumladan Damas uchun 99563 ta va Labo uchun 28711 ta (24 avgustdan 6 noyabrga qadar inventarizatsiya natijalariga ko‘ra, xaridorlar tomonidan 11,1 mingdan ortiq ariza va kontrakt bekor qilingan) mavjud.

8 noyabr holatiga ko‘ra, dastlabki to‘lovni to‘lash uchun 27 ming shartnoma (Damas uchun 23 ming va Labo uchun 4000 ta) mavjud. Bu 2019 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, prognozga ko‘ra, 54 ming avtomobilning (bu yil — 42 ming) yarmiga teng demakdir. Mavjud arizalarni ko‘rib chiqish tugagunga qadar yangilarni olish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

«Kompaniya mazkur modellar ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda», — deyiladi GM Uzbekistan xabarida. Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.