12 noyabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida haydab ketayotib piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgani, natijada piyoda U.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar va fuqarolarning bergan ma’lumotlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Appartak mahallasida yashovchi A.P. tomonidan «LUAZ-979M» rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushbu haydovchi ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘z o‘rnida, fuqarolarning o‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lmay, ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga bergan ma’lumotlari uchun minnatdorlik bildiramiz, deyiladi xabar matnida.