AQSHda 6 noyabr kuni kongresga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi: vakillar palatasida demokratlar (219 kishi, senatda esa respublikachilar (51 kishi) ko‘pchilikni tashkil edi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Demokratlar vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etgani bois ular prezident Donald Tramp qonunchilik tashabbuslarini rad etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ular prezidentga nisbatan tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish, undan to‘lanmagan soliqlar to‘g‘risida hisobot talab qilish va impichment jarayonini boshlashlari mumkin.

Oraliq saylovlar AQSH uchun ayol-nomzodlar soni bo‘yicha rekord qayd etdi, ularning ko‘pchiligi g‘alaba qozondi ham. Ilk bor vakillar palatasida musulmon ayollar vakilalari — Michigan shtatida Rashida Tlaib va Minnesota shtatida Ilxan Omar faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Nyu-York shtatida g‘alaba qozongan 29 yoshli Aleksandriya Okasio-Kortes tarixdagi eng yosh kongressmen-ayol bo‘ldi va ilk bor kongresga ikki nafar hindular qabilalari vakilalari kira oldi.

AQSH kongresiga saylovlarda ovoz beruvchilar soni ko‘pligi bilan ham ajralib turdi — odatda odamlar prezident saylovida faolroq ishtirok etadi. Seshanba kuni ovoz berishlar o‘ta faollashgani boisdan ko‘plab saylov uchastkalari ish vaqtini uzaytirdi. Saylovlarga kunning sovuqligi, kuchli yog‘ingarchiliklar va xalal bera olmadi, deb yozadi BBC.