Xalq ta’limi vazirligi va Britani Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xalq ta’limi tizimida ingliz tili o‘qitilida islohotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Islohotlardan ko‘zlangan maqsad o‘quv rejalari, test olish/baholash, metodologiya va materiallar orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘qituvchilar mehnat samaradorligini shirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

3−12 noyabr kunlari Toshkentda xalq ta’limi tizimida ingliz tili o‘qitilishida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi milliy jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. O‘qituvchilar, trenerlar va Britaniya Kengashi mutaxassislaridan iborat jamoa o‘qitishni isloh qilish bo‘yicha muhim tavsiyalarni ishlab chiqishi lozim.

Jamoani Britaniyaning maktablarda ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha konsultant, ingliz tili o‘qitish va yangi avlod darsliklarini yaratish bo‘yicha 25-yillik tajribaga ega Vendi Arnold qo‘llab-quvvatlamoqda.

Konsultant 2014 yilda O‘zbekiston maktablarida o‘qitish amaliyotini o‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berganini eslatib o‘tdi. O‘shanda u CEFR xorijiy tillarni bilish darajasining kattalarga mo‘ljallangan versiyasini, jumladan A1 darajasini boshlang‘ich maktablarning 4-sinf bitiruvchilari uchun o‘rnatilgan ta’lim standartidagi bolalarga mo‘ljallangan darajaga almashtirishni tavsiya qilgan edi.

Shuningdek, Vendi Arnold 4-sinfni tugatganda emas, balki 6-sinfni bitirganda A1 darajaga, 7-emas, 9-sinfni bitirgarda A2 darajaga erishish haqiqatga yaqinroq deb hisoblaydi.

O‘z takliflarini asoslar ekan, konsultant ElliE (Early English Learning in Europe) loyihasini o‘rganish natijalarini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ispaniya, Vengriya, Polsha va boshqa mamlakatlarda boshlang‘ich maktablarni tamomlash bo‘yicha o‘rtacha A1 darajasi (faqatgina og‘zaki nutq va eshitish) namoyish etilishi, o‘quvchilar ko‘plab teledasturlar va filmlar tomosha qilish, sinfdan tashqarida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Vendi Arnold boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari muntazam ravishda Kids' English o‘quv komplekti hamda o‘qitish metodologiyasini o‘rganib borishi zarur ekanligini ta’kidladi.

Milliy jamoa tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etiladi.