O‘zbekistonning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donudagi bosh konsulxonalar tomonidan konsullik harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli zarur tashkiliy masalalar hal etilgunga qadar konsullik harakatlarini amalga oshirmaydi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar qildi. Har bir konsulxonaning to‘laqonli ish faoliyati boshlangani to‘g‘risida xabar qilinadi.

Barcha masalalar hal etilgunga qadar O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Volga bo‘yi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga, Novosibirskdagi bosh konsulxona esa Uzoq Sharq va Ural federal okruglariga ham xizmat ko‘rsatadi.

Rossiya hududidagi O‘zbekistonning yangi bosh konsulxonalari konsullik okruglari tashkil etildi.

Unga ko‘ra:

  • Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxona — Shimoli-g‘arbiy federal okrug;
  • Novosibirskdagi — Sibir federal okrugiga;
  • Vladivostok shahridagi — Uzoq Sharq federal okrugiga;
  • Yekaterinburgdagi bosh konsulxona — Ural federal okrugiga;
  • Qozon shahridagi bosh konsulxona Volga bo‘yi federal okrugiga;
  • Rostov-na-Donudagi Bosh konsulxona Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okrugiga biriktirilgan.