O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar va YATTlar soni oshib bormoqda, byudjetga soliq tushumlari 42,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Xususan,

1. Faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 404,7 mingtadan 433,8 mingtaga yetdi yoki 29,1 mingtaga (107,2 foiz) oshdi;

2. Faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 196,6 mingtadan 238,1 mingtaga yetdi yoki 41,5 mingtaga (121,1 foiz) oshdi;

3. Byudjetga soliq tushumlari 42,6 trillion so‘mni tashkil etib, 140,4 foiz o‘sdi.

— Savdo korxonalaridan tushumlar 5,2 trillion so‘mni tashkil etib, 164,7 foiz o‘sdi;

— Qurilish sohasi korxonalaridan tushumlar 2,1 trillion so‘mni tashkil etib, 170,6 foiz o‘sdi;

— Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan tushumlar 1,5 trillion so‘mni tashkil etib, 153,5 foiz o‘sdi;

— Umumiy ovqatlanish korxonalaridan tushumlar 164,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 125,8 foiz o‘sdi;

— Boshqa korxonalardan 4,6 trillion so‘m tushib, 140,0 foiz o‘sdi.