Hukumat qarori bilan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Unga ko‘ra, endilikda ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasidagi nazorat inspektorlarining lavozim maoshiga ham:

• ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 2 baravar miqdorida;

• tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 baravar miqdorida;

• uzoq muddat ishlaganlik uchun, lavozim maoshiga foiz hisobida ish stajiga muvofiq miqdorlarda har chorakda qo‘shimchalar va ustamalar to‘lanadi.