29 oktyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘iliston bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi deputatlar guruhi keladi, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Toshkentda «O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi» parlament hamkorlik qo‘mitasining 14-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, tashqi ishlar, iqtisodiyot, bandlik va mehnat munosabatlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.