Joriy yilning 18 oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi sayti xabar berdi.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyati hokimi qaroriga asosan, Guliston tuman hokimi Ibodullayev Abdumavlon Abduahatovich lavozimidan ozod etilib, G‘afurov Shavkat Alibekovich Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.G‘afurov 1965 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati «Agrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.