Qrim yarim orolidagi Kerchi shahrida joylashgan kollejda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda NIA Novosti Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Portlash natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 50 ga yaqin kishi jarohatlandi. 20 kishi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Hodisa joyida tez tibbiy yordam brigadalari, FVQ mutaxassislari va FSB xodimlari ish olib bormoqda. Qo‘mita tezkor shtabi takroriy portlashlar oldini olish maqsadida xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirmoqda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, portlash sabablaridan biri sifatida terakt ham ko‘rib chiqilmoqda.

Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.