27 sentyabr kuni Qarshida «Baxtli oila» to‘yxonasi uchun uy sharoitida mayonezli salatlar tayyorlab, 90 kishining ovqatdan zaharlanishiga sabab bo‘lgan erkak prokuratura xodimiga pora berayotganda ushlandi.

M.Shukurov ovqatdan ommaviy zaharlanish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘amasligi va javobgarlikka tortmasligi uchun Qarshi prokuroriga pora taklif qilgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi «Gazeta.uz"ga.

M.Shukurov 13 oktyabr kuni 13:15 da prokuror Sh. Najmiyevning xizmat xonasida 500 dollar miqdorida pora berayotganida qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 211-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

To‘yxonaga tashrif buyurganlar salomatligining yomonlashuviga M.Shukurovning uyida sanitariya me’yorlariga amal qilinmasdan tayyorlangan «Fransuzcha» va «Smak» salatlari iste’moli sabab bo‘lgan.