O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Xususan,

polkovnik Abdullayev Ma’rufjon Mannopovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Mirkomilov Miralisher Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — moliya va moddiy texnika-ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Isaboyev Yodgor Jaloliddinovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Imyaminov Abduvohid Madaminovich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Ismanov Isomiddin Bahriddinovich Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Rahmatov Faxriddin Umarovich Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Akbarov Kamoliddin Haydarali o‘g‘li Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik O‘tayev Umid Saidaliyevich, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Hatamov Farhod Faxritdinovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.