Gazeta.uz pazandachilik sahifasi Zira.uz bilan hamkorlikda tovuqdan tayyorlaniladigan taomlar retseptlarini taqdim etadi.

Tovuqli «Kachchiatore» taomi

Kachchiatore (cacciatore) italyanchadan tarjima qilganda, «ovchi» degan ma’noni bildiradi. Odatda, bu tovuq, quyon yoki ovlanadigan qush go‘shtidan qilinib, qo‘ziqorin, pomidor, ziravorlar va vino bilan birga dimlab pishiriladi. Juda to‘yimli va mazali taom.

Ko‘zachada pishirilgan tovuq

Ko‘zachalarda tovuq va kartoshkali taom tayyorlab ko‘rganmisiz? Juda mayin va yumshoq pishgan bu oвқатdaги kartoshkalar umuman ezilib ketmaydi. Ko‘zachalardagi taom birinchdan juda ishtahaochar, ikkinchidan juda ham mazali chiqadi.

Inglizcha nonushta

To‘yimli nonushta salqin kunlarda juda muhim bo‘lib, u kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda yurishimizni ta’minlaydi. Inglizlarga xos loviya, tuxum va tovuq go‘shtidan tayyorlanilgan yegulik ana shunday nonushtaлар qatoriga kiradi. Agarda siz nonushtaga bo‘tqalar va buterbrodlar yeyishga odatlangan bo‘lsangiz, unda bu taom bilan taomnomangizga o‘gartirish kiritishingiz mumkin.

Zar qog‘ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom

Italyancha taomlar tayyorlanish jarayonida barcha mahsulotlarning ta’mi saqlanib qolishi va ba’zi ziravorlar bilan esa ular ta’mining yanada boyitilishi bilan dunyoning boshqa oshxonalaridan ajralib turadi. Zar qog‘ozda pishiriladigan bu tovuq va sabzavotli taomнинг oson tayyorlanilishi, mazasi va kaloriyasining kamligi sababli bolalar ham, parhez tutuvchi insonlar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.

Samolyotda kasaletkalarda tortiladigan taom

Sabzavot va tovuq go‘shtidan tayyorlaniladigan, asosan samolyot bortida tortiladigan taom retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bu taomning ijobiy tomoni shundaki, ichidagi masalliqlarni oila a’zolaringizning xohishiga qarab solishingiz mumkin.

Sabzavotlar va pasta bilan pishirilgan tovuqli taom

Tovuq go‘shti va sabzavotlardan mazali taomni tayyorlash sizdan bir necha daqiqani talab qiladi.
U «Wok» tovasida pishirilishi sabab ham, sabzavotlar o‘zining foydalilik xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu tova devorlari yupqa, o‘zi esa konus shaklida bo‘lgani uchun barcha masalliqlar tovaning o‘rtasida, olovga yaqin joylashadi. Bunday tovada taom juda tez pishadi. Lekin taomning tagi olmasligi uchun, uni muntazam aralashtirib turish shart.

Tovuq yurakchalaridan taylandcha taom

Tovuq yurakchalari oqsilga boy mahsulot ekanligidan xabardirmisiz? Bundan tashqari ular juda ham foydali mahsulot sanaladi. Taylandcha bu taomни tayyorlash juda oddiy bo‘lib, ular istalgan gazaklar bilan birga tortiladi. Tortishdan oldin limon po‘sti, to‘g‘ralgan ko‘katlar va sedana sepib bezatamiz.

Kiyevcha kotletlar

Usti qarsildoq, ichi esa juda sersuv va yumshoq bo‘lgan kiyevcha kotlet«_larning retseptini qarshi oling. Ko‘pchilik uy bekalari bu yegulikni uyda tayyorlashdan cho‘chishadi. Ammo, aslini olganda bu qiyin ish emas. Kerakli masalliqlar ham deyarli har birimizning uyimizda mavjud

Tovuq va sabzavotli toblatma

Kotletlarni kartoshkali pyure va qaynatilgan guruch bilan pishirib turasizmi? Buning uchun ikki karra ko‘p vaqt sarflashingiz aniq. Shu sabab ham asosiy taomni ham, unga qo‘shimcha gazakni ha o‘z ichiga oluvchi taomdan tayyorlab ko‘ring. Bu mazali taom bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqishi aniq.

Bundan-da ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15