Qarshilik S.Lutfullayeva o‘g‘li Anvarning ichki ishlar organlarida xizmat qilishini istardi. Bundan xabar topgan tanishi Xolida Sayfullayeva uning o‘g‘lini ichki ishlar organlariga ishga joylashtirib qo‘yishini, faqat buning uchun 2 ming AQSH dollari ketishini aytadi. Bu haqda «Qashqadaryo» gazetasi orqali xabar berildi.

Aytilgan pulning bir qismi — ming dollarni Qarshi shahridagi «Mersiy» kafesida ulardan olayotgan vaqtda ichki ishlar va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.