Qurilish materiallarining to‘rtta pozitsiyasi bo‘yicha imtiyozlar muddati 3 oydan keyin tugaydi (2018 yil 30 sentyabrdagi farmon). Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2018 yil 17 yanvardagi qarori bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar turlarining ro‘yxati tasdiqlangan:

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Sement, shu jumladan sement klinkeri

2523

2.

Asbest

2524

3.

Qurilish oynasi

7003, 7004, 7005

4.

Yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari

4403, 4404, 4406, 4407

5.

Ko‘mir

2701, 2702

Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha mazkur imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2018 yil 1 oktyabrdan kuchga kirdi.