O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov professional ringdagi ikkinchi jangida AQSHlik bokschi Tomas Xaukinsga qarshi emas, meksikalik charm qo‘lqop ustasi Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko‘tarildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

E’tiborlisi, Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Eduardo Vitelaning prof boksdagi janglari soni 6 taga yetdi. U bungacha 3 ta g‘alaba (2 tasi nokaut) va 3 ta mag‘lubiyat (2 tasi nokaut) qayd etgan.