22 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasida joylashgan «Territoriya» restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Muassasaning tom qismi yondi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Yong‘in haqidagi xabar IIBB YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga 17:51 da kelib tushdi. 18:00 da oltita o‘t o‘chirish guruhi hodisa joyiga yetib bordi. Yong‘in 18:30 da o‘chirildi.

Tom qismida 60 kv. m maydon yongan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar yo‘q. Hodisa sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.