«Gazeta.uz» Zira.uz pazandachilik sahifasi bilan hamkorlikda nonli mahsulotlar jamlanmasini taqdim etadi.

Patir

Sariyog‘ bilan qorishtirilgan, mazali va mayin ta’mli issiqqina patirlar kimga ham yoqmaydi deysiz. Agarda siz avval bunday non mahsulotlaridan pishirib ko‘rmagan bo‘lsangiz, unda hozir ayni fursati! Non uchun xamirni xohlasangiz bir kecha oldin tayyorlab, ertalabgi nonushtaga mazali patirlarpishirib oila a’zolaringizni xursand qilishingiz mumkin.

Pita

Pita bu Yaqin Sharq oshxonasiga mansub yegulik bo‘lib, u gaz pechida bir pastda pishirib olinadi. Bu pishiriqning gaz pechida qanday ko‘tarilishini kuzatish juda qiziq holat. Uning mag‘ziga xohlagan mahsulotlarimiz, masalan, go‘sht, sabzavotlar yoki ko‘katlar solib, to‘ldirishimiz mumkin. Yaqin Sharqda odatda питани xumus bilan birga dasturxonga tortishadi.

Pesto qaylasi bilan tayyorlangan gulchambar

Oshirma xamirdan tayyorlaniladigan bu gulchambar, nonga ham, pirogga ham o‘xshab ketadi. Bunday pishiriqni pesto qaylasi bilan pishirishga urinib ko‘ring va uyingizni Italiyaning iforiga to‘ldiring.

Iste’mol sodasi bilan pishirilgan non

Iste’mol sodasi solib pishiriladigan nonxamirи 5 daqiqa davomida qoriladi va darhol pishirishga qo‘yiladi. Bug‘doy uni o‘rniga bir necha un navlarini aralashtirib solsa ham bo‘ladi. Zig‘ir urug‘chalari o‘rniga kungaboqar pistasi yoki xohlagan yong‘oq turlaridan foydalansa bo‘ladi.

Kartoshkali non

Usti tillarang va qarsildoq kartoshkali non juda mazali bo‘lib, uni albatta tayyorlab ko‘rish kerak.Bu nonpishirilganдан bir necha kundan so‘ng ham yumshoq va mayinligini yo‘qotmaydi.

Sutli non

Sutda qorilib pishiriladigan nonларнинг uyda tayyorlanish retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bunda nonning usti qarsildoq, ichi esa paxtadek yumshoq bo‘lib pishadi.

Non pishirgichda tayyorlanilgan non

Agarda taomlar tayyorlashda ortiqcha bo‘sh vaqtga ega bo‘lmasangiz, unda o‘zi xamir qorib, o‘zi pishiradigan ajoyib qurilma — nonпиширгичларга ehtiyoj sezasiz.Unda tayyorlanilgan non ideal darajada chiqadi.

Gulkaramli glyutensiz non

Sizlarga glyutensiz bo‘lgan, ajoyib nonretseptini taqdim etamiz. Uning nomlanishidan xavotirlanmang, chunki unga kerakli barcha masalliqlar barchaning uyidan topiladi.
Bu non oson tayyorlaniladi, xona haroratida 3−4 kungacha yaxshi saqlanadi.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15