Vyetnam prezidenti Chay Day Kuang juma kuni Xanoydagi harbiy gospitalda vafot etdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Shifoxonadan berilgan ma’lumotga ko‘ra, davlat rahbari og‘ir ahvolda bo‘lgan. Prezidentni davolash bilan mahalliy va xorijdan kelgan mutaxassislar shug‘ullangan.

Chan Day Kuang 1956 yilning 12 oktyabr sanasida Vyetnam shimolidagi Ninbin provinsiyasida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatning avvalida IIVda ishladi. Keyinchalik Jamiyat xavfsizligi vazirligiga o‘tdi va sal vaqt o‘tib u yerni boshqardi.

2006 yildan Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasining a’zosi, 2011 yildan esa VKP MKning Ijroqo‘mi a’zosi. 2016 yilning aprel oyida prezident bo‘lgan edi.