21 sentyabr kuni taxminan 11:35 da Yashnobod tumanidagi «Oltin tegirmon» yuk ortish stansiyasida yuk poyezdining don tashishga mo‘ljallangan ikkita vagoni temir izlardan chiqib ketgan, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Hodisa natijasida hech kim jabrlangani yo‘q. Biroq vagonlar qulashi natijasida to‘siqlar va temir yo‘lga yaqin joylashgan uylar devoriga zarar yetgan.

Ayni paytda hodisa joyida IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi, FVV, hokimiyat va Toshkent IIBB vakillari ish olib bormoqda. Avariya-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablari hamda ko‘rilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.