Butunjahon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) o‘z saytida terma jamoalarning navbatdagi reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 96- o‘rindan joy oldi. O‘tgan oydagi ko‘rsatkich 95-o‘rin bo‘lgandi. O‘rtoqlik o‘yinlarida ijobiy natija qayd etilmagani bois, reytingda pasayish kuzatildi.

Umumiy reytingni Belgiya va amaldagi jahon chempioni Fransi terma jamoalari boshqarib kelmoqda.