Ertaga Toshkentda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati ma’lum qildi, deyiladi O‘zA xabarida.

Birinchi marta tashkil etilayotgan ushbu aksiya Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi «Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

Bir qator manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashkil etilgan aksiya ertaga soat 10.00da Toshkent shahrining Seul ko‘chasida boshlanadi.

Qayd etish joizki, bu ko‘chada yaqinda velosipedchilar uchun ikki tomonlama namunaviy yo‘lakcha qurib bitkazilgan edi.