Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

A.Tillavoldiyev1965 yilda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1986 yilda Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumini, 1992 yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan boshlab, 2002−2017 yillar davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, xo‘jalik birlashma rahbari va Farg‘ona viloyati hokimligida rahbar lavozimlarida ishlagan.

2018 yilning yanvar oyidan sentyabriga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.