O‘zbekiston prezidentining 10 sentyabrdagi qarori bilan Dilshod Shuhratovich Sultonov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i — moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dilshod Sultonov (1980 y. t., Toshkent temir yo‘llari va transport instituti bitiruvchisi — 2002, mutaxassisligi — iqtisodchi) Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003 yildan boshlagan. 2003−2012 yillar mobaynida Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i. 2013−2017 yillarda Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2017 yil sentyabrdan xozirgi kungacha Dilshod Sultanov Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.