2018 yilning 9 sentyabr kuni Yoshlar ittiffoqi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «Mustaqillik marafoni» tashkillashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Marafon Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasidan boshlanadi va Nukus, A. Qodiriy, Abay, Olmazor, I. Karimov ko‘chalari orqali o‘tib, «Paxtakor» stadionida yakunlanadi.

Marafon davomida ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 9 sentyabr kuni 9:00 dan 13:00 gacha quyidagi ko‘chalar avtoharakat uchun vaqtichalik berkitiladi:

Glinka ko‘chasi — Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

Nukus ko‘chasi — A. Qahhor ko‘chasidan A. Qodiriy ko‘chasigacha;

Qodiriy ko‘chasi- Nukus ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha;

Abay ko‘chasi — A. Qodiriy ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;

Olmazor ko‘chasi — Abay ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Islom Karimov ko‘chasi — Olmazor ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.

Hurmatli haydovchilar! Sizdan marafon davomida yuqorida qayd etilgan ko‘chalarni chetlab o‘tishni iltimos qilib, vaqtinchalik noqulaylikar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi IIBB xabarida.