O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi» foydalanishga topshirildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi «Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi"ning yangi ekspozitsiyasini shakllantirish va muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi majlis bayonida belgilab berilgan vazifalar, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi va qisqa fursatlarda ushbu muzey zamon talablariga mos tarzda tashkil etildi.

Muzey to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib, «O‘zbekiston hududida xavfsizlik va ichki tartibni saqlovchi tuzilmalarning shakllanishi», «Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar», Vazirlik sohaviy xizmatlari faoliyati va «Ichki ishlar organlari tizimida kadrlar tayyorlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligi hamda ularning ijtimoiy muhofazasi» kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.