Toshkent hokimiyati Mustaqillik kuni munosabati bilan 31 avgust kuni transport harakati uchun yopiladigan markaziy ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ko‘chalar ro‘yxati

  • Amir Temur — Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
  • Buxoro — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
  • Matbuotchilar — Nuroniylar ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Istiqlol — Zarafshon ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha;
  • Oloy — Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha;
  • Mustaqillik — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Maxtumquli — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Istiqbol — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha.

1 sentyabr kuni mushakbozlik vaqtida quyidagi ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi:

  • Seul — Bunyodkor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
  • Bobur — O‘rikzor ko‘chasi Sharshara ko‘chasigacha;
  • Furqat — Sharshara ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Beshyog‘och — Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov — Sharof Rashidov ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob — Sharof Rashidov ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Chilonzor — Muqimiy ko‘chasidan Novza ko‘chasigacha;
  • Novza — Chilonzor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
  • Baynalminal — Bunyodkordan Muqimiygacha;
  • Islom Karimov — Beshyog‘och ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.

1 sentyabr kuni zarurat tug‘ilsa, xalq sayillari o‘tkaziladigan quyidagi manzillarga olib boruvchi ko‘chalarda transport harakati cheklanishi mumkin: «Anhor-Lokomotiv», G‘afur G‘ulom, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, «Ashxobod», Furqat, «Quyoshcha nuri», «Bog‘ishamol», Abdulla Qodiriy, «Do‘stlik» va «Grin park» istirohat bog‘lari, hayvonot bog‘i va Pushkin maydoni.