Sirdaryo viloyati Xovos tumanida «Xovos» jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Xovos» jome masjidining eski binosi 1956 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qurbon hayiti bayrami arafasida Xovos tumani «Bunyodkor» mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 1000 nafardan ziyod namozxonlarga mo‘ljallangan «Xovos» jome masjidining yangi binosi 2018 yil 20 avgust kuni qurib bitkazildi.

Yangidan bunyod etilgan masjidning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, Xovos tumani hokimligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyat vakilligi raxbarlari ishtirok etib, tuman aholisini masjid ochilishi bilan tabrikladilar va yangi masjidning guvohnomasi masjid imom-xatibiga tantanali ravishda topshirildi.