Bo‘z tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qatnashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2017 yilning 23 fevralidan hozir kunga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdurashid Rayimjonovich Ma’mirov betobligi tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

O‘rniga 2014 yil 13 maydan Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — Asaka shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Inomjon Solijonovich Mamadaliyev yangi hokim etib tayinlandi.

I. Mamadaliyev 1975 yilning 24 yanvar kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Andijon davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U Asaka shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori, Asaka shahar IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Viloyat IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.