Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Nuriddinov Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishda 191 kg, siltab ko‘tarishda esa 227 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda 421 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasiga oltinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu oltin medal o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar uchun Osiyo o‘yinlari tarixidagi birinchisi hisoblanadi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.