25 avgust kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi M.N. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinani shu mahalla hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay ag‘darilib ketgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar S.T. va U.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ular ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.