26 avgust kuni Toshkentning Amir Temur ko‘chasida (sobiq «Qozog‘iston kinoteatri atrofi) asfalt yotqizilishi munosabati bilan yo‘l harakati faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.

Toshkent hokimiyati vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi. Eslatib o‘tamiz, poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Rossiyaning KB Strelka kompaniyasi tomondan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida, shoh ko‘chani to‘liq qayta rejalashtirish, piyodalar yo‘laklarini kengaytirish va avtomobil qo‘yish bo‘lmalari va veloyo‘laklar qo‘shish ko‘zda tutilgan. Sayr uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yangi daraxtlar o‘tqazish belgilangan.

Metro yaqinidagi chorrahalar va boshqa joylarda kichik maydonchalar ko‘rinishidagi aholi xordiq chiqarish maskanlari paydo bo‘lishi lozim, piyodalar yo‘laklari to‘siqsiz muhit hosil qilinadi, rastachalar, chiqindi idishlari va yangi chiroqlar o‘rnatiladi.

Chorrahalar va piyodalar o‘tish joylari o‘tish qismini toraytirish va egish, xavfsiz orolchalar ko‘rinishidagi oqim tezligini pasaytirish choralari ko‘rilishi hisobiga xavfsizroq bo‘ladi.